Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Bugun qur’a. U qanday tartibda o‘tadi?

Bugun qur’a. U qanday tartibda o‘tadi?

Baho:
+ | -

Superliga yangi mavsumiga bugun qur’a tashlanadi. Marosim 18:00 dan boshlab Futbol TV orqali jonli efirga olib chiqiladi.

Birinchi navbatda joriy mavsum uchun qabul qilib olingan va hozirga qadar to‘liq tayyor holatga kelmagan stadionlar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tamiz. Ayni vaqtda 11 ta stadion uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor. Yana 3 ta stadionda ta’mirlash ishlari davom etayotgan bo‘lib, ular shu yilning aprel oyiga qadar tayyor bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Aynan shu jihat qur’aga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Superligaga odatga ko‘ra Berger tizimida qur’a tashlanadi. Bunda 16 jamoaga tushishi mumkin bo‘lgan har bir raqamning o‘z jufti mavjud va o‘zaro juft raqamlar quyida aks etgan. Shuningdek, musobaqaning ilk turida o‘zaro to‘qnash keladigan raqamlar ko‘rsatilgan.

Maydoni tayyor bo‘lmagan klublardan "Qo‘qon-1912" hamda "Qizilqum" masalasi nisbatan yaqin hududlardagi stadionlar orqali hal etilgan. Biroq mavsumning qolgan qismini Buxoro shahrida davom ettirishi kutilayotgan "Buxoro" va "Mash’al" klublari ilk turlarni mos ravishda "Paxtakor" va OKMK klublari maydonida o‘tkazishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, ular avvaliga "Paxtakor" va OKMK klublari bilan juftlik hosil qilishi, keyinchalik esa o‘zaro juft jamoaga aylanishi lozim. Sir emaski, juft jamoalarni ajratib olish negizida muayyan turda ulardan biri o‘z maydonida, ikkinchisi esa safarda to‘p surishini ta’minlash yotadi. "Buxoro" va "Mash’al" klublarining bir necha tur davomida boshqa klublar bilan, keyinchalik esa o‘zaro juft bo‘lishida mazkur qoidani o‘zgartirmaydigan faqatgina ikki raqam mavjud: 1 va 8. Shundan kelib chiqib, qur’aning ilk bosqichida "Buxoro" va "Mash’al" klublari mazkur ikki raqamdan biriga ega chiqishi ta’minlanadi. O‘z-o‘zidan Paxtakor va OKMK mavsum startida ular bilan bir arenadan foydalanishi inobatga olinib, ular mos ravishda 9 hamda 16 raqamlari bilan yuzlashadi.

Anglashilinadiki, dastlabki turda "Mash’al" va "Buxoro" juftligiga har qanday holatda ham OKMK va "Paxtakor" juftligi raqib bo‘ladi. Biroq ilk tur aynan qanday ko‘rinishda bo‘lishi qur’a yordamida aniqlanadi. Shuningdek, "Buxoro" va "Mash’al" dastlabki turlarni Toshkent hududida o‘tkazishi inobatga olinib, tenglikni ta’minlash maqsadida ular 2-davrada raqiblarini o‘z maydonida qabul qilishi ta’minlanadi hamda ilk turdagi ikki to‘qnashuvda mezbon-mehmon o‘rni almashadi.

Qur’aning ikkinchi bosqichida yana uch juftlik jamoalari o‘z raqamiga ega chiqishi ta’minlanadi. Ya’ni, "Qo‘qon-1912", "Qizilqum", "Sho‘rtan" klublarining stadioni tayyor bo‘lgunicha, ularning mos ravishda Farg‘ona, Samarqand hamda Qarshi shaharlarida to‘p tepishi inobatga olinadi. Mazkur 6 klub uchun raqamlar saralab olingach, qur’aning uchinchi bosqichiga o‘tiladi.

Suratdan anglashilganidek, juftlik hosil qilmagan qolgan 6 ta klub uchinchi bosqichda o‘z raqamiga ega chiqadi. Bu bosqichda klublar nomi solingan sharchalar allaqachon savatda bo‘ladi. Ikkinchi savatga esa shu vaqtgacha 10 ta klubga nasib qilmagan va ortib qolgan 6 ta raqam alohida ko‘rsatilgan holda joylashtirib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, "Qo‘qon-1912", "Buxoro", "Mash’al", "Qizilqum kabi" klublar qachon o‘z maydoniga qaytishi faqatgina ularning o‘ziga bog‘liq. Agar stadionlar 23-fevral sanasiga qadar Liga tomonidan qabul qilib olinsa, ular mavsumni o‘z uyida ham boshlashi mumkin. Biroq har qanday holatda ham "Buxoro" va "Mash’al" ilk turni mehmonda o‘tkazishi masalasiga o‘zgartirish kiritilmaydi.

Quyida esa 1-davraning to‘liq taqvimi qanday ko‘rinishda bo‘lishi keltirib o‘tilgan. Qur’adan keyingi haftada Liga uchrashuvlar sanalarini e’lon qiladi.

Kiritildi: 10:37, 01.02.2025.
O'qildi: 2256 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.