Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

Morataning "Galatasaroy"ga transferining moliyaviy tafsilotlari oydinlashdi

Morataning "Galatasaroy"ga transferining moliyaviy tafsilotlari oydinlashdi

Baho:
+ | -

"Galatasaroy" Alvaro Morataning "Milan"dan transferining moliyaviy shartlarini e’lon qildi.

Turkiya klubi forvardni 2026 yilning 20 yanvariga qadar 6 million yevro evaziga ijaraga olganini ma’lum qildi. To‘lovlar ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Shuningdek, "Galatasaroy" hujumchini 8 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, oxirgi muddat – 15 yanvar. Agar bu variant faollashtirilmasa, "Galatasaroy" ijara muddatini 2026 yilning yoziga qadar yana 3 millionga uzaytira oladi, shundan so‘ng ular ispaniyalikni 10 iyundan kechiktirmay 9 millionga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Agar Morata "Galatasaroy" tomonidan sotib olinsa, u yiliga 6 million yevro oladi.

Kiritildi: 03:31, 03.02.2025.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.