Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Navbahor» futbolchilari Superliga qur’asi haqida qanday fikrda?

«Navbahor» futbolchilari Superliga qur’asi haqida qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Kuni kecha futbol bo‘yicha 2025-yilgi mavsum Superliga musobaqasiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, "Navbahor" jamoasi dastlabki turda o‘z maydonida "Dinamo"ni qabul qiladigan bo‘ldi. "Lochinlar"ning bir qator yetakchi futbolchilarining qur’a borasidagi fikrlari bilan qiziqdik hamda quyida ularni e’tiboringizga havola etamiz.

Azimjon Ahmedov:  
- Qur’a jamoamiz uchun omadli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Menimcha, hamma jamoalar ham dastlabki turni o‘z maydoni, muxlislari qarshida o‘ynashni orzu qilishgan bo‘lsa kerak. Biz ham ilk o‘yinni Namanganda o‘tkazishimizdan xursandmiz. "Dinamo" ham yaxshi shakllangan, o‘z uslubiga ega jamoa. Shuning uchun mazkur bo‘lajak uchrashuv tomoshabop, qiziqarli tarzda kechadi, deb o‘ylayman. Samarqandliklarga qarshi kechadigan o‘yinlarimiz doimo qiziqarli tarzda o‘tgan. Mavsum startida muxlislar uchun chiroyli o‘yin namoyish etib, ularni xursand qilishga borimizni berishimiz kerak va bunga astoydil harakat qilamiz. O‘ylaymanki, birinchi turda muxlislar bizga dalda bo‘lishadi.

Mirzohid G‘ofurov:  
- Namanganda "Navbahor" libosida futbol o‘ynashni sog‘inganman. Milliy chempionatimiz boshlanishini intiqlik bilan kutayapman. Shu sababli, birinchi turni o‘z maydonimizda o‘ynashimiz yaxshi bo‘ldi. O‘ylaymanki, namanganliklar ham futbolni juda sog‘inib, Superliga bahslari boshlanishini intiqib kutmoqdalar. Birinchi turda Namangandagi stadiondagi atmosferani tezroq ko‘rishni istayman. Birinchi tur bahsini Namanganda o‘tkazishimizni istagandim. Birinchi turda uy stadionimizda o‘ynashimizdan xursand bo‘ldim. Qur’aga to‘xtaladigan bo‘lsam, raqib tanlash noo‘rin deb hisoblayman. Sababi, mavsum davomida baribir hamma jamoalar bilan o‘ynashga to‘g‘ri keladi. Falon jamoa bilan falon turda o‘ynashni tanlab bo‘lmaydi. Shuning uchun 1-turda qaysi jamoa raqib bo‘lishini unchalik o‘ylamagandim. Faqat bir narsani xohlaganimni takror aytaman, ilk o‘yinimiz Namanganda bo‘lishini juda xohlagandim va bu amalga oshdi.

Zabixullo O‘rinboyev:  
- Assalomu alaykum! Qur’a haqida gapirsam, biz uchun omadli keldi, deb o‘ylayman, chunki birinchi o‘yinni o‘z maydonimizda o‘ynaymiz. Raqibga kelsak hozir bir narsa deb bo‘lmaydi. Mavsum avvalida 4-5 ta tur barcha jamoalarning imkoniyatlari deyarli bir xil bo‘ladi. Shu 4-5 ta turda maksimal ochkolarni qo‘lga kiritib olgan jamoalarga keyinchalik oson bo‘ladi. Shuning uchun, o‘sha ochkolarni qo‘lga kiritish uchun jamoa bilan yaxshi mehnat qilishimiz talab qilinadi va qo‘ldan kelganicha muxlislarni quvontiradigan o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz.

Abbos G‘ulomov:  
- Qur’aga munosabat ijobiy. Menga yoqqan tarafi, birinchi turni Namanganda o‘ynashimizni istagandim va shunday bo‘lishi yoqdi. Namanganda o‘ynashimiz foydasi, muxlislarimiz bizga 12-o‘yinchi sifatida yordam berishadi. Namanganda muxlislarimiz ko‘z oldida o‘ynash har doim yoqimli bo‘lgan. Raqibning kimligi to‘g‘risi, ahamiyatsiz edi. "Dinamo" jamoasiga keladigan bo‘lsak, yaxshi jamoa shakllangan. O‘ylaymanki, chiroyli o‘yin bo‘ladi. Nafaqat birinchi turda, balki butun mavsumda muxlislarimizni xursand qilishga borimizni berishga tayyormiz.

Alisher Odilov:  
- Qur’a yaxshi bo‘ldi, mening nazarimda. Birinchi tur uchrashuvi mavsumda ko‘p narsani belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan olib qarasak, o‘z maydonimizda o‘ynashimiz yaxshi bo‘ldi. Raqibning kimligi ahamiyati yo‘q edi, chunki baribir qachondir navbat bilan barcha jamoalar bilan o‘ynaymiz. Namanganlik muxlislar oldida o‘ynash baribir boshqacha. Birgina birinchi tur emas, balki mavsum davomida g‘alaba ishtiyoqida maydonga tushib, muxlislarimizni xursand qilish uchun o‘ynaymiz, Xudo xohlasa.

"Navbahor" PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:24, 03.02.2025.
O'qildi: 1481 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.