Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/03 01:00 Boliviya 0-0 Urugvay
26/03 05:00 Chili 0-0 Ekvador
26/03 05:00 Venesuela 1-0 Peru
26/03 05:00 Kolumbiya 2-2 Paragvay
26/03 05:00 Argentina 4-1 Braziliya
27/03 16:45 Xorazm - Buxoro
27/03 19:30 Qo‘qon-1912 - Sho‘rtan
28/03 01:00 Barselona - Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum - OKMK
28/03 19:30 Navbahor - Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor - Surxon

Ronaldu dunyodagi eng yaxshi futbolchi kim ekanini ma’lum qildi

Ronaldu dunyodagi eng yaxshi futbolchi kim ekanini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nega o‘zini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini va nima uchun argentinalik futbolchilar Lionel Messi va Diego Maradona undan keyin tilga olinishi kerak ekanini tushuntirdi.

“Odamlarga Messi, Pele yoki Maradona yoqishi mumkin, va men buni hurmat qilaman, lekin men ulardan ko‘ra mukammalroq futbolchiman. Men tarixdagi eng yaxshi o‘yinchiman. Men o‘zimdan yaxshisini ko‘rmaganman… Men bosh bilan yaxshi zarba yo‘llayman, jarima zarbalarini yaxshi bajara olaman, tez harakat qilaman, jismonan kuchliman va baland sakray olaman”, dedi Ronaldu La Sexta nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Ronaldu besh karra Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Bundan tahqari, u besh marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan. Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan 2016 yilda Yevropa chempioni va 2019 yilda UYEFA Millatlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Osiyo Chempionlar Ligasi 7-tur doirasida Saudiya Arabistonida “An-Nassr” va “Al-Vasl” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etib, faoliyatidagi gollari sonini 923 taga yetkazdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “An-Nassr” 16 ochko bilan 3-o‘rinda, “Al-Vasl” esa 11 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:06, 04.02.2025.
O'qildi: 9628 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz