Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Chelsi" ushbu mavsumda "Strasburg"da ijara asosida o‘ynayotgan markaziy yarim himoyachisi Andrey Santosning rivojlanishidan mamnun.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli braziliyalik iyun oyida London klubiga qaytadi va u kelasi mavsumda jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Santos ushbu mavsumda 20 ta o‘yinda 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













