Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Bahodir Jalolovning Kanadadagi jangi bekor qilindi

Bahodir Jalolovning Kanadadagi jangi bekor qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning bugun, 6 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan jangi bekor qilindi. Bu haqda bokschining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
 
Kanadaning Monreal shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda superog‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov fransiyalik Devid Spilmontga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Afsuski, shifokorlar o‘zbekistonlik sportchiga jang qilish uchun ruxsat bermadi.


“Jang bekor bo‘ldi. Arzimagan uchuq sabab, jang bekor qilindi. Raqib ham, men ham jang qilishni xohladik. Afsuski, komissiya ruxsat bermadi. Bu holat menda yoshlikdan mavjud. Biror davlatga uchsam yoki havo almashtirsam shunaqa bo‘ladi”, deydi ikki karra Olimpiada oltin medali sohibi.

Jalolov shu kunlarda AQSHning Indio shahrida mazkur jang uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Jalolov professional faoliyatida 14 ta jang o‘tkazgan va barchasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan. Uning so‘nggi jangi 2023 yilda Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida Janubiy Afrika vakili Kris Tompsonni birinchi raundning o‘zida mag‘lub etgandi. Spilmont esa oxirgi jangini 2024 yilda o‘tkazgan va o‘shanda Artem Charniakevichni 4-raundda nokautga uchratgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:52, 06.02.2025.
O'qildi: 2969 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.