Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Real" Endrik borasida fransuz klubi taklifini rad etgan

"Real" Endrik borasida fransuz klubi taklifini rad etgan

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi qishki transfer oynasida hujumchi Endrik uchun taklif olgan edi.

18 yoshli futbolchi kamdan-kam hollarda asosiy tarkibga kiritiladi, bu esa uning ijara asosida ketishi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ladi. RMC Sport xabariga ko‘ra, "Marsel" braziliyalik futbolchini yanvar oyida sotib olishga uringan. Fransuz klubi sport direktori Mehdi Benatia "Real Madrid" vakillariga murojaat qildi, biroq ular o‘sib borayotgan yulduzni hattoki ijaraga ham qo‘yib yubormasliklarini darhol aytishdi.

Endrik joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasi safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:32, 07.02.2025.
O'qildi: 1048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик