Krishtianu Ronaldu Saudiya ligasi o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
40 yoshli "An-Nasr" hujumchisi chempionatning 19-turida "Al-Fayha" (3:0) darvozasini ishg‘ol qildi. Hozir uning hisobida 16 ta gol bor.
"G‘alaba va 40 yoshdan keyingi birinchi gol", - deb yozdi portugaliyalik o‘yin haqida ijtimoiy tarmoqlarda.













