"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasiga yangi kelgan hujumchi Markus Reshfordni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
"U ulkan salohiyatga ega va ajoyib tarzda mashq qilmoqda. Reshfordning "Manchester Yunayted"ni nima sababdan tark etgani meni qiziqtirmaydi. Tarkibda shunday futbolchi borligidan baxtiyorman," - deya Emerining so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.













