Xarbin shahrida O‘zbekiston va Qatar Milliy Olimpiya qo‘mitalarining rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Milliy Olimpiya qo‘mitalar assosiasiyasi (MOQA) birinchi vise-prezidenti, Qatar MOQ prezidenti Shayx Joaan bin Hamad Al Tani hamda OOK vise-prezidenti, O‘zbeksiton MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ishtirokida kechgan tadbirda tomonlar o‘rtasidagi ko‘pqirrali aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.













