"Monterrey" himoyachisi Serxio Ramos nega yangi jamoasi uchun 93-raqamni tanlaganini tushuntirdi.
"93-daqiqa mening eng yaxshi lahzalarim bo‘lgan va bu butun "Real Madrid" va mening faoliyatim uchun qilingan hurmatdir.
Buni barchangiz bilan, Meksika, "Monterrey" va muxlislarimiz bilan baham ko‘rishning ajoyib usuli", - deya Ramosning so‘zlarini keltiradi DAZN.













