Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Simeone Madrid derbisidan avval matbuot anjumanida qatnashdi

Simeone Madrid derbisidan avval matbuot anjumanida qatnashdi

Baho:
+ | -

"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diyego Simeonening "Real"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida aytgan fikrlari bilan tanishing.

"Madridga qarshi bugungi o‘yinda (Toshkent vaqti bilan 00:30) bosh hakam qanday ishlashi haqida o‘ylamayman, chunki o‘yin oldidan bosim bor. Men faqat jamoam haqida o‘ylayapman.

Biz bilamizki, Madridda ajoyib mahoratga ega futbolchilar bor, shuning uchun bugun diqqatimizni jamlab, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilishimiz kerak.

Qolaversa, bugun nimalarga duch kelishimiz kerakligini tushunib turibmiz: "qaymoqranglilar" uchrashuvni faol boshlaydi, ular ochiq maydonda ham, yopiq zonalarda ham juda yaxshi.

Madriddan hakamlar korpusiga nisbatan rasmiy shikoyat? Men bor e’tiborimni bo‘lajak uchrashuvga qaratganman. Hamma Madrid pozisiyasiga qarshimi? O‘sha odamlardan so‘rang.

Derbi oldidan men ham xuddi Anchelotti kabi dam olish uchun televizor ko‘raman", - dedi argentinalik mutaxassis.

Kiritildi: 10:45, 08.02.2025.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик