Seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi o‘yinlariga hakamlar tayinlandi.
11 fevral, seshanba kuni pley-offning to‘rtta o‘yini bo‘lib o‘tadi.
"Manchester Siti" – "Real" uchrashuvini fransiyalik Kleman Tyurpen boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Bosniyalik Irfan Pelto "Brest" - "PSJ" uchrashuviga tayinlandi. VAR da polshalik hakamlar Tomash Kvyatkovski va Pyotr Lasik ishlaydi.
"Yuventus" – PSV uchrashuvini Daniel Zibert boshchiligidagi germaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
"Sporting" – "Borussiya Dortmund" uchrashuvi bosh hakami sifatida norvegiyalik Espen Eskos tayinlandi.













