Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Husanov eng qimmat qishki transferlar ro‘yxatiga kiritildi

Husanov eng qimmat qishki transferlar ro‘yxatiga kiritildi

Baho:
+1 | -

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) yaqinda yakunlangan qishki transfer oynasi davomida amalga oshirilgan umumiy bitimlar miqdorini e’lon qildi.  

Jahon futboli taraqqiyotiga mas’ul nufuzli tashkilot mutaxassislarining baholashicha, yanvar oyida futbol klublari jami 5 863 ta transferni amalga oshirdi.  

Ushbu bitimlarning umumiy miqdori 2,35 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich qishki transfer oynasi uchun yangi rekord hisoblanadi.  

Shuningdek, futbolchi transferlari soni ham rekord darajaga yetganini ta’kidlash joiz.  

Yanvar oyida eng ko‘p mablag‘ sarflagan klublar Angliyada joylashgan. Zamonaviy futbol vatanidagi klublar yangi futbolchilar uchun jami 621,6 million dollar sarflagan.  

Eng ko‘p sarf-xarajat qilgan chempionatlar reytingi quyidagicha tuzildi:  

- Angliya klublari — 621,6 million dollar  
- Germaniya klublari — 295,7 million dollar  
- Italiya klublari — 223,8 million dollar  
- Fransiya klublari — 209,7 million dollar  
- Saudiya Arabistoni klublari — 202,1 million dollar.  

Muttaxassislar Yevropa futbolida bir qator shov-shuvli transferlar amalga oshganini ta’kidlamoqda. Ularga ko‘ra, eng sensasion transferlar qatoriga Xvicha Kvarasxeliyaning "Napoli"dan PSJga, Abduqadir Husanovning "Lans"dan "Manchester Siti"ga va Jon Duranning "Aston Villa"dan "Al-Nasr"ga o‘tishi kiritilgan.  

Ekspertlar Yevropa futbolida shov-shuvli transferlar bo‘lganini ham ta’kidlamoqda. Unga ko‘ra, Xvicha Kvarasxeliyaning “Napoli”dan PSJGa, Abduqodir Husanovning “Lans”dan “Manchester Siti”ga, Jon Duranning “Aston Villa”dan “An-Nasr”ga o‘tgani eng sensasion transferlardan bo‘ldi.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari esa, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi yanvar oyining eng qimmatbaho transferlari reytingiga kiritilganiga ham e’tibor qaratdi.

2025 yilning eng qimmat transferlar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Jon Duran — "An-Nasr", 77 million yevro  
2. Umar Marmush — "Manchester Siti", 75 million yevro  
3. Xvicha Kvarasxeliya — PSJ, 70 million yevro  
4. Niko Gonsales — "Manchester Siti", 60 million yevro  
5. Xavi Simons — "RB Leypsig", 50 million yevro  
6. Galeno — "Al-Ahli", 50 million yevro  
7. Abduqodir Husanov — "Manchester Siti", 40 million yevro  
8. Viktor Reys — "Manchester Siti", 37 million yevro  
9. Luis Enrike — "Zenit", 33 million yevro  
10. Santyago Ximenes — "Milan", 32 million yevro.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 10:18, 10.02.2025.
O'qildi: 2164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.