Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Feruza Turdiboyeva: "Qolgan ikki uchrashuvda ham 6 ochkoni niyat qilganmiz"

Feruza Turdiboyeva: "Qolgan ikki uchrashuvda ham 6 ochkoni niyat qilganmiz"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Dushanbe shahrida ayollar futzal terma jamoalari ishtirokida CAFA musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Turnirning ikkinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi (6:3) bahs olib bordi. Uchrashuvning "Eng yaxshi o‘yinchisi" deb gol urib, bitta golli uzatma yetkazib bergan sardorimiz Feruza Turdiboyeva tan olindi.

"Bugun oson bo‘lmasligini bilardik. Lekin shu bilan birga faqat g‘alaba haqida o‘yladik — biz uchun boshqa variant yo‘q edi. O‘yinni yaxshi boshladik va tezkor gollar urdik. Keyin biroz bo‘shashdikmi, ikkita gol o‘tkazib yubordik.

Tanaffusda murabbiylarimiz ko‘rsatmalar berishdi, nimalarga e’tibor berish zarurligini ta’kidlashdi. Barchasi yaxshi ekanligi va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatsak, uch ochko bizniki bo‘lishi haqida gaplashdik.

Natijada, ikkinchi bo‘limni ham gol bilan boshladik. Albatta, gol urganim va Madinaga golli uzatma yetkazib berganimdan xursandman. Eng muhimi — g‘alaba qozondik.

Oldinda yana ikkita o‘yin bor. Ularda ham ishonchli o‘yin ko‘rsatib, maksimal natija qayd etishga harakat qilamiz. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.", - dedi Feruza Turdiboyeva.

Kiritildi: 12:09, 11.02.2025.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.