Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

22 fevral kuni O‘FAga yangi prezident saylanadi

22 fevral kuni O‘FAga yangi prezident saylanadi

Baho:
+ | -

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Ustaviga muvofiq, 2025 yil 22 fevral kuni O‘FA prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘FA tomonidan o‘z a’zolariga ushbu lavozimga nomzodlar bo‘yicha o‘z takliflarini yuborishlarini so‘rab murojaat qilingan. O‘FA rasmiy elektron pochtasiga kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘FA Saylov qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Ustavi va Saylov kodeksiga muvofiq tekshirilib, O‘FA Ustavining 30-moddasiga asosan, Kongressdan 30 kun oldin O‘FA Kotibiyatiga taqdim etildi.

O‘FA Ustavining 33-moddasiga ko‘ra, O‘FA a’zolari navbatdan tashqari saylov Kongressining o‘tkazilish joyi va kun tartibi to‘g‘risida Kongress o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin xabardor qilinishi lozim. Shu munosabat bilan, Kongressning o‘tkazilish joyi va kun tartibi 2025 yil 12 fevral kuni barcha a’zolarga yetkazilishi belgilangan.

Shuningdek, O‘FA Saylov kodeksining 11-moddasida nomzodlarning rasmiy ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlar matbuotda ham e’lon qilinishi zarurligi keltirilgan bo‘lib, O‘FA a’zolari tomonidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti lavozimiga Qurbonov Bahodir Nizomovich nomzodi ilgari surildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi navbatdan tashqari saylov Kongressi 2025 yilning 22 fevral kuni O‘FA binosida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilinadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:34, 12.02.2025.
O'qildi: 1860 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.