Krishtianu Ronalduning golli o‘yinlar seriyasi to‘xtab qoldi.
"An-Nasr" hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionatining 20-turida "Al-Ahli" darvozasini ishg‘ol eta olmadi (3:2). Portugaliyalik futbolchi maydonda 76 daqiqa harakat qildi va raqib darvozasiga bitta zarba yo‘lladi.
Ronaldu avvalgi beshta o‘yinning har birida gol urgandi, bu oraliqda uning hisobida 7 ta gol bor.













