Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

O‘zPFL: 2020 yildan buyon yoshi kichraytirilgan 8 nafar futbolchi aniqlandi

O‘zPFL: 2020 yildan buyon yoshi kichraytirilgan 8 nafar futbolchi aniqlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 5887-son Farmonida mamlakatda futbolni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolardan biri sifatida futbol musobaqalarida qatnashuvchi sportchining biologik yoshini sun’iy kichraytirish masalasi ham keltirilgan hamda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Liga mazkur masalada 2020 yildan buyon Adliya organlari bilan hamkorlikda ishlab, har mavsum so‘ngida o‘zining ilk professional mehnat shartnomasini imzolagan futbolchilar ro‘yxatini shakllantiradi hamda ular orasidan yoshi kichraytirilgan futbolchilarni aniqlaydi. Xuddi shu tartibda Liga 2024-yilgi mavsumda ilk professional shartnomasini imzolagan futbolchilar ro‘yxatini Adliya organlariga taqdim etgandi. Aniqlanishicha, ro‘yxatda mavjud bo‘lgan 364 nafar futbolchidan faqatgina bir nafarida bu kabi muammo mavjud. Ya’ni, futbolchi aslida 2004 yil tug‘ilgan bo‘lsa-da, uning 2006 yilda tug‘ilganligini tasdiqlovchi hujjat Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Adliya vazirligi mazkur xulosani taqdim etgach, Liga futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan klubdan uning tegishli hujjatlarini haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha qonun doirasida rasmiylashtirishni ta’minlashni shu yilning 7 fevral sanasiga qadar amalga oshirishni talab qilgandi. O‘tgan davr mobaynida klub hamda futbolchining ota-onasi mazkur qonun buzilish holatini bartaraf etish ustida ish olib bordi va uning hujjatlari haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha rasmiylashtirilishi ta’minlandi.

Ma’lumot uchun, Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Liga 2020 yildan buyon bir qator futbolchilarni o‘z hujjatlarini haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha rasmiylashtirilishiga erishdi:

2020: 1 nafar (Qashqadaryo viloyati)

2021: 3 nafar (Jizzaxdan 2 nafar va Toshkent viloyati)

2023: 3 nafar (Qashqadaryodan 2 nafar va Samarqand viloyati)

2024: 1 nafar (Toshkent viloyati).

Liga futbolni rivojlantirish yo‘lidagi Prezident qaror hamda farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yo‘lidagi hamkorligi uchun Adliya vazirligiga minnatdorchilik bildiradi. Ishonamizki, raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar sabab yaqin yillarda bu kabi muammolar to‘liq bartaraf etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:20, 14.02.2025.
O'qildi: 1569 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.