Xabaringiz bor, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ayollar futzal terma jamoalari o‘rtasida CAFA musobaqasi davom etmoqda.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Tojikistonga qarshi uchinchi tur bahsini o‘tkazishdi. O‘yinda qizlarimiz 8:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvda ikkita gol urib, eng faollardan biri bo‘lgan Dildora Nozimova bahsning "Eng yaxshi o‘yinchisi" deb topildi.