Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Pikeni RFEF'dagi korrupsiya va Saudiya Arabistonidagi Superkubok bo‘yicha sudga chaqirishdi

Pikeni RFEF'dagi korrupsiya va Saudiya Arabistonidagi Superkubok bo‘yicha sudga chaqirishdi

Baho:
+ | -2

"Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike korrupsiya ishi bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun sudga chaqirildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Gap Ispaniya qirollik futbol federasiyasi (RFEF)dagi ehtimoliy korrupsiya va mamlakat Superkubogining Saudiya Arabistonida tashkil etilishi bilan bog‘liq tergov haqida ketmoqda. Pike 14 mart kuni sudda ko‘rsatma beradi.

2019 yil sentyabrida RFEF Saudiya Arabistoni bilan Ispaniya Superkubogini mamlakat hududida o‘tkazish bo‘yicha olti yillik shartnoma imzolagan. Umumiy qiymati 240 million yevro bo‘lgan kelishuvga ko‘ra, har yili 40 million yevro to‘lanishi belgilangan. Bu mablag‘ federasiya, klublar va Pikening rahbarligidagi Kosmos agentligi o‘rtasida taqsimlanishi kerak edi. Kompaniya o‘z xizmatlari uchun taxminan 24 million yevro olgan. Keyinchalik, agentlikning ushbu shartnomadagi ishtiroki yashirilmoqchi bo‘lgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Saudiya kompaniyasidan Kosmos hisob raqamiga tushgan mablag‘larning katta qismi shu guruhga tegishli yoki unga bog‘liq hisob raqamlariga o‘tkazilgan. Shuningdek, Pike o‘z shaxsiy hisob raqamlaridan to‘lovlar amalga oshirib, mablag‘lar harakatini kuzatishni qiyinlashtirgan bo‘lishi mumkinligi ham da’vo qilinmoqda.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 17:07, 15.02.2025.
O'qildi: 3101 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик