Kirish Ro'yxatdan o'tish

CAFA. O‘zbekiston — ko‘k, Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi oq rangli libosda harakat qiladi

CAFA. O‘zbekiston — ko‘k, Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi oq rangli libosda harakat qiladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ayollar futzal terma jamoalari o‘rtasida CAFA musobaqasi davom etmoqda.

Bugun musobaqaning so‘nggi ikki uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Hozirgi vaqtga kelib biz ikkinchi o‘rinni egallab turibmiz va nazariy jihatdan bugun durang ham terma jamoamizni hozirgi pog‘onada qolishini ta’minlaydi.

Kunning birinchi uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib borsa, ikkinchi o‘yinda Tojikiston Eronga qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘radi.

Mazkur bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari to‘liq ko‘k rangli libosda, Qirg‘iz Respublikasi vakillari esa oq rangli libosda harakat qiladi.

Darvozabonimiz to‘liq yashil rangli libosda o‘ynaydi.

16 fevral, yakshanba
16:00. Qirg‘iz Respublikasi - O‘zbekiston
19:00. Tojikiston - Eron

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 14:52, 16.02.2025.
O'qildi: 1531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик