Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf

«Andijon»ning navbatdagi raqibi haqida nimalar ma’lum?

«Andijon»ning navbatdagi raqibi haqida nimalar ma’lum?

Baho:
+ | -

18 fevral sanasida «Andijon» Antaliya yig‘ini doirasida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu safargi raqib — Polshaning “Vishista Krakov” klubi.

Yodingizda bo‘lsa, jamoa Turkiyadagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini Polshaning boshqa bir jamoasi – “LKS Lodz”ga qarshi o‘tkazib, 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Bu gal Polshaliklarning yana bir jamoasi «Andijon» uchun sparring-raqib vazifasini bajaradi.

Odatimizga ko‘ra, navbatdagi raqib to‘g‘risida sizlarga ma’lumotlarni taqdim etamiz.

“Vishista Krakov” 1942 yilning 1 yanvar sanasida tashkil etilgan. Polshaning Krakov shahrida futbol klublari bir nechtani tashkil qiladi va ularning orasida “Vishista Krakov” ham bor. Ushbu klub o‘z ishtirokini ayni paytda Polshaning ikkinchi divizionida davom ettirmoqda.

Jamoa hozirda ikkinchi divizionda 18 ta klub orasida 19 ta uchrashuvning 14 g‘alaba, 3 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etib (to‘plar nisbati 45\10) 45 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi.

Klub arenasining nomi “Vishista Krakov” stadioni deb ataladi va 1,500 ming muxlisga mo‘ljallangan. Stadion 2021 yilda qurilgan.

Jamoaning bosh murabbiyi Slavomir Peshko hisoblanadi. 1985 yilning 19 fevral sanasida tavallud topgan mutaxassis 2023 yildan beri klubda ishlab kelyapti. Dastlab skaut, keyin vaqtincha murabbiy sifatida ishini davom ettirdi. 2023 yilning 1 dekabrdan esa u bosh murabbiy lavozimida mehnat qila boshladi.

Klub tarkibida, ispaniyalik (to‘rt nafar), shvesiyalik, chexiyalik, portugaliyalik legioyerlar to‘p surmoqda.

“Vishista Krakov” Antaliya yig‘inida 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan va jamoamizga qarshi o‘yin ularning so‘nggi bellashuviga aylanadi.

10 fevral “Vishistka Krakov” – “KSM Resita” (Ruminiya) – 2:4

11 fevral. “Vishista Krakov» – “Kalvariya Zebjidovska” (Polsha) – 8:1

13 fevral. “Vishista Krakov” – “Kaspiy Aktau” (Qozog‘iston) – 3:1

Eslatib o‘tamiz, «Andijon» – “Vishista Krakov” bellashuvi 18 fevral kuni soat Toshkent vaqti bilan 13:30 da (Antaliya vaqtiga 11:30) boshlanadi.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 19:07, 17.02.2025.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.