Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Pep Gvardiola iqtidorli hujumchining ketganidan afsusda emas

Pep Gvardiola iqtidorli hujumchining ketganidan afsusda emas

Baho:
+ | -

"Real"ga qarshi javob o‘yini oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Pep Gvardioladan o‘tgan yozda "Siti"ni 75 million yevro evaziga tark etgan hujumchi Xulian Alvares haqida so‘rashdi.

"Men buning uchun mas’uliyatni his qilmayapman. Klub men uchun fantastik o‘yinchi bilan shartnoma imzoladi, lekin u ko‘proq o‘ynashni xohladi va "Atletiko"ga o‘tishga qaror qildi. Uning biz uchun qilgan ishlaridan juda xursandmiz. To‘g‘risini aytsam, u bizga katta ma’noda o‘ziga xos muvaffaqiyatga erishishimizga yordam berdi va uni bugun shunday formada ko‘rish juda yoqimli.

U shunchaki jamoada kattaroq shaxs bo‘lishni xohlardi va bu qiyin edi. Hammasi yaxshi, bu yaxshi tugadi. Bilaman, u juda baxtli”, - dedi Gvardiola.

Joriy mavsumda 25 yoshli argentinalik “Atletiko” safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:23, 19.02.2025.
O'qildi: 4437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик