Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

«Bunday o‘yinlar tajriba bo‘ladi» – Vadim Abramov «Astana»ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

«Bunday o‘yinlar tajriba bo‘ladi» – Vadim Abramov «Astana»ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» va «Astana» (2:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

«O‘yin tomoshabop bo‘lgani tushunarli, ammo vaziyatlarni golga aylantirish kerak. O‘yinni qanday boshlaganimiz menga yoqmadi. Faqat gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin o‘ynashni boshladik. Ikkinchi bo‘limdagi vaziyatlardan foydalanish lozim edi. Bunday raqiblarga qarshi o‘yinlar jamoamiz uchun tajriba bo‘ladi.

Raqiblar haqida nima deyish mumkin? Yaxshi jamoalar. Biz ham maydonda ularga jang taklif qildik. «Istiqlol» Dubayga kelmagani va ular bilan 17 fevraldagi o‘yin bo‘lmagani biroz xafa qildi. Taqvim o‘zgarib ketdi. Bugun «Astana»ning iltimosiga ko‘ra, 90 daqiqa va yana qo‘shimcha 30 daqiqa o‘ynadik. Ertaga esa «Rostov» bilan o‘yin o‘tkazishga kelishgandik, bugungi o‘yindagi charchoq Rossiya klubiga qarshi ertangi bahsga ta’sirini o‘tkazadi.

Ratinyoning holati? Umid qilamanki, bu jiddiy emas, u o‘zini almashtirishni so‘radi.

Jamoa yangi mavsumga qay daraja tayyor? Buni vaqt ko‘rsatadi. Chunki o‘rtoqlik boshqa, rasmiy o‘yinlar esa boshqa narsa.

Yangi o‘yinchilarimiz? Ular kirishib ketishdi, bugun yosh o‘yinchimiz (Oybek O‘rmonjonov) gol urdi, bu unga ijobiy ta’sir qiladi. Yoshlarimiz tarkibdagi tajribali yigitlarga raqobat paydo qila olishiga umid qilaman.

Yangi transferlar? Yangi legioner hujumchi viza bilan bog‘liq muammo sababli Dubayga kela olmadi, Toshkentdagi yig‘inimizga kelib qo‘shiladi. Umid qilamanki, u jamoamizni kuchaytiradi», - deydi Vadim Karlenovich.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 08:19, 21.02.2025.
O'qildi: 1069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.