Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi o‘yinini yaponiyalik hakamlar boshqaradi

O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi o‘yinini yaponiyalik hakamlar boshqaradi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo qit’asida futbol bo‘yicha Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 7-turida Qirg‘iziston termasi bilan raqobatlashadi. “A” guruhidan o‘rin olgan mazkur uchrashuv 20 mart kuni “Bunyodkor“ stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Uchrashuvni yaponiyalik Araki Yusuke boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘ldi. O‘yinda A.YUsukega qanotlarda hamyurtlari Mihara Jun va Vatanabe Kota yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6-turdan so‘ng o‘z guruhida 13 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. 16 ochko to‘plagan Eron termasi peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, BAA 10 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan. Qatar termasi esa 7 ochko bilan 4-o‘rinni band etgan. Qirg‘iziston 3, KXDR 2 ochkoga ega bo‘lgan holda quyi pog‘onada qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: 2026 yilning 11 iyun-19 iyul kunlari AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etishi belgilangan. Qit’amizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 8 ta, qit’alararo pley-off o‘yinlari orqali esa bitta o‘rin ajratilgan.

Kiritildi: 11:40, 21.02.2025.
O'qildi: 1652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик