Chempionlar ligasining 1/8 finalida Germaniyaning ikki klubi - "Bavariya" va "Bayer" o‘zaro to‘qnash kelishadi. Qur’a natijasi haqida Myunxen jamoasining tajribali hujumchisi Tomas Myuller fikr bildirdi.
"Nemis mutaxassislarining fikriga ko‘ra, "Bayer" juftligimizda aniq favorit hisoblanadi. Biz esa, mutlaq autsayderlar sifatida, o‘zimizni ko‘rsatib qo‘yishni istaymiz. Shunday emasmi, hurmatli ekspertlar?" - deya Myuller so‘zlarini keltiradi "Bavariya" matbuot xizmati.
"Bavariya" va "Bayer" o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 5 mart chorshanba kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 11 mart seshanba kuni Leverkuzenda tashkil etiladi.













