Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Vadim Abramov: «Birinchi 5 ta tur kim qanday tayyorgarlik ko‘rganini ko‘rsatadi»

Vadim Abramov: «Birinchi 5 ta tur kim qanday tayyorgarlik ko‘rganini ko‘rsatadi»

Baho:
+ | -

«Dinamo»ning Dubaydagi yig‘ini yakunida jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berib, Superliga oldi o‘tkazilgan yig‘inlar, tayyorgarlik, seleksiya, transferlar, jamoadagi yoshlar, yangi mavsum, taqvim va «Navbahor»ga qarshi o‘yin haqida fikrini bildirdi.

— Yangi mavsumga 2 hafta qoldi. "Dinamo" Toshkent, Abu-Dabi va Dubayda yig‘in o‘tkazdi. Jamoaning tayyorgarligi haqida qanday fikrdasiz?  
— Rejalashtirgan ishlar amalga oshirildi. Lekin haqiqiy baholash mavsum boshlangach aniq bo‘ladi. Aytish mumkinki, barcha futbolchilar jismoniy jihatdan qattiq mehnat qilishdi. Yig‘inlar og‘ir bo‘ldi, lekin futbolchilar barcha topshiriqlarni bajarishdi. Muhimi, jiddiy jarohatlarsiz yig‘inni yakunladik. Bir haftadan so‘ng chempionatga shay bo‘lamiz, deb o‘ylayman.

— Seleksiya borasida ishlar qanday kechdi? Kerekli futbolchilarni jalb qila oldingizmi?  
— Seleksiya ishlaridan har doim to‘liq qoniqish qiyin. Biz bir futbolchi bilan shartnoma imzoladik, ammo Nigeriya fuqarolariga Dubay vizasi olish muammoli bo‘lgani uchun u bu yerga kela olmadi. Bugun Toshkentga yetib kelishi kerak. Shuningdek, bir nechta futbolchilarni jalb qilishni xohlagandik, lekin kelisha olmadik. Shuningdek, mavjud tarkibdan mamnunman.  

— Jamoaning yetakchilari qoldimi?  
— Ha, biz jamoaning asosiy o‘zagini saqlab qoldik. Faqat bir futbolchi – Kojo jamoani tark etdi, u Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi jamoada o‘ynashni xohladi. Bu uning orzusi edi, shuning uchun biz uni qo‘llab-quvvatladik va unga omad tilaymiz.  

— Jamoadagi umumiy muhit qanday?  
— Murabbiy sifatida muhitni yaxshi deb baholayman. Hech qanday muammo yo‘q. Yig‘inlarda ishtirok etganlar bunga o‘zlari ham guvoh bo‘lgan bo‘lishlari kerak.  

— Yangi mavsumda qaysi futbolchilarga ko‘proq tayanib o‘ynashni rejalashtiryapsiz?  
— Har bir futbolchidan yuqori samara kutayapman. Agar kimdir men uchun kutilmagan ravishda yaxshi o‘ynasa, bu juda yaxshi bo‘ladi. Barcha o‘yinchilarga ishonaman va ular meni albatta qo‘llab-quvvatlaydi, deb umid qilaman.  

— Jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari qanday?  
— Bu haqda klub rahbariyati rasman ma’lumot beradi. Biz esa doimo yuqori maqsadlarni ko‘zlaymiz. Hammasi futboldagi ko‘plab jihatlarga bog‘liq. Biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga va muxlislarni xursand qilishga intilamiz.  

— Chempionat taqvimi haqida fikringiz?  
— Taqvim yaxshi emas, lekin biz uni o‘zgartirishga kuchi yetmaydigan jamoalardan birimiz. Shuning uchun taqvim qanday bo‘lsa, shunday o‘ynaymiz. Birinchi o‘yin – "Navbahor"ga qarshi. Ularning tarkibida katta o‘zgarishlar bor, bizda esa ularning o‘yinlaridan tahlillar bor. Toshkentga qaytib, shu o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.  

— Yangi mavsumda 16 ta jamoa ishtirok etadi. Bu haqida qanday fikrdasiz?  
— Bu format qiziqarli bo‘ladi, deb o‘ylayman. Lekin mavsum boshida hali hamma jamoalar haqida aniq tasavvur yo‘q. Birinchi 5 ta tur kim qanday tayyorgarlik ko‘rganini ko‘rsatadi.  

— Qaysi jamoalarni chempionlik uchun asosiy da’vogar deb hisoblaysiz?  
— Bu yil "Neftchi" kuchli transferlar qildi. "Nasaf" ham kuchaydi, "Paxtakor" esa Chempionlar Ligasida 2 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi, bu ularga chempionat boshlanishidan avvalgi tayyorgarlikda ustunlik beradi.  

— Jamoada yosh futbolchilarga imkoniyat bo‘ladimi?  
— Ha, albatta. Kim o‘zini yaxshi ko‘rsata olsa, o‘sha asosiy tarkibga kirishi mumkin. Biz yosh futbolchilarni kelajak uchun jamoaga jalb qildik. Ular yig‘inlarda yaxshi o‘ynashdi, lekin rasmiy o‘yinlar tamoman boshqacha bo‘ladi.  

— Dubayda o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinlari haqida qanday fikrdasiz?  
— Biz jiddiy raqiblarga qarshi o‘ynadik va yaxshi o‘yin namoyish qildik. Biroz individual xatolar bo‘ldi. Ba’zi o‘yinlarni 2 kun oraliqsiz o‘tkazishga to‘g‘ri keldi, bu esa biz uchun qiyin bo‘ldi.  

— Jamoaning qaysi pozisiyasi siz uchun hozir eng katta muammo?  
— Hozircha markaziy himoyadagi uyg‘unlikni oshirishimiz kerak. Boshqa muammolar ham bor, lekin ularni mavsum davomida hal qilishga harakat qilamiz.  

— Mavsum boshlanishiga 2 hafta qoldi. Oxirgi rejalar qanday?  
— Yig‘indan so‘ng futbolchilarga 2 kun dam beramiz. 27-fevralda Toshkentda yig‘ilamiz. 1-mart kuni "Qo‘qon"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazamiz va 9-martdagi chempionat o‘yiniga tayyorlanamiz.  

— Muxlislarning jamoadan umidlari katta. Bu sizga qanday ta’sir qiladi?  
— Bu yaxshi narsa. Biz o‘tgan mavsumdagi o‘yinimiz bilan ularga umid bag‘ishladik. Endi esa ularni xursand qilish – bizning vazifamiz. Jamoa muxlislarni xursand qilish uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatishi kerak.  

— So‘nggi fikrlaringiz?  
— Muxlislarni tribunalarga jalb qilish muhim. Agar tribunalar to‘lsa, demak, biz yaxshi o‘ynamoqdamiz va muxlislarimiz bor.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 08:17, 25.02.2025.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.