Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Navbahor"ga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi

"Navbahor"ga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi

Baho:
+ | -

O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita qishki transfer oynasi yopilishiga 22 soat vaqt qolganida "Navbahor" futbol klubiga qo‘yilgan yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha taqiqni olib tashladi.

Rasmiy xatda bayon qilinishicha, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mavjud qarzdorlikni 1 iyulgacha to‘liq bartaraf etish yuzasidan kafolat bergan. Qo‘mita esa qarzdorlik 24 aprelgacha bartaraf etilishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, OFK klublarni lisenziyalash jarayonining asosiy mezoni qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, "Navbahor" qarzdorlikni 1 iyul yoki 24 aprel sanasida emas, balki 29 martga qadar bartaraf etishi lozim. Aks holda klub OFK lisenziyasini qo‘lga kirita olmaydi. Liga esa O‘FA qo‘mitasining qarori asosida Navbahor klubiga MyLeague platformasini ochib beradi.

Kiritildi: 16:08, 25.02.2025.
O'qildi: 1075 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик