Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Simeone: «2:0 hisobida oldinga o‘tib olganimizda o‘zimga: «Buni nishonlashga shoshilmaslik kerak», – dedim»

Simeone: «2:0 hisobida oldinga o‘tib olganimizda o‘zimga: «Buni nishonlashga shoshilmaslik kerak», – dedim»

Baho:
+ | -

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone «Barselona»ga qarshi durang natija haqida fikr bildirdi.  

Ispaniya Kubogi yarim finali birinchi o‘yini 4:4 hisobi bilan yakunlandi. «Atletiko» o‘yinning 6-daqiqasiga kelib 2:0 hisobida oldinda edi, ammo 84-daqiqaga qadar 2:4 hisobida ortda qolayotgan edi.  

«Burchak zarbalari ustida ishlashimiz mumkin, chunki bu vaziyatlarda yaxshi himoyalana olmadik. Raqib ikkinchi bo‘limni yaxshiroq boshladi, 4:2 bo‘ldi, Grizmannda bir imkoniyat bor edi. Menimcha, almashtirishlar jamoaga yangi kuch va jasorat qo‘shdi, bu esa hujumga ko‘proq o‘yinchi qo‘shilishiga sabab bo‘ldi.  

Uchrashuv oson kechmadi, lekin futbolchilar raqobatbardoshlik ruhini ko‘rsatdilar – bu jihat menga juda yoqadi. Ochiq o‘yin, juda murakkab raqib, lekin bizda kerakli barcha imkoniyatlar bor. 2 aprelgacha hali ko‘p vaqt va ko‘p o‘yinlar bor. Javob bahsi haqida o‘ylash vaqti ham keladi.  

Ikkita standart vaziyatdan gol o‘tkazib yuborganimiz juda achinarli. Bu borada ishlashimiz mumkin. Lekin bu o‘yin aynan shunday kechishi kerak edi. «Barselona» kabi jamoaga qarshi gol urmaslik mumkin emas. Ularni yengish uchun ko‘p gol kerak. 2:4 bo‘lganida raqib maydonida bunday vaziyatni o‘zgartirish oson emas.  

2:0 hisobida men o‘zimga: «Buni nishonlashga shoshilmaslik kerak, hammasi oson bo‘lmaydi», – dedim. 2:2 bo‘lganda esa bu sodir bo‘lishi mumkinligini his qildim. Yakuniy 4:4 hisobi, shubhasiz, muxlislarimiz uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi», – dedi «Atletiko» bosh murabbiyi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:39, 26.02.2025.
O'qildi: 2871 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик