Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Arturo Vidal 2025 yilda «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishini aytdi

Arturo Vidal 2025 yilda «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishini aytdi

Baho:
+1 | -

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Arturo Vidal jamoaning hozirgi tarkibida kim «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.  

Chililik futbolchi kataloniyaliklar tarkibidagi 17 yoshli vinger Lamin Yamalning o‘yinini alohida ta’kidladi.  

«Yamal — fenomen, u allaqachon "Oltin to‘p" sari yo‘lga chiqqan. U shubhasiz bu yil ushbu mukofotni qo‘lga kiritadi», — dedi "Kolo-Kolo" yarim himoyachisi.

Lamin Yamal joriy mavsumda «ko‘k-anorranglilar» safida 34 o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol va 17 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Hozirgi «Oltin to‘p» sohibi — «Manchester Siti» futbolchisi Rodri. «Barselona»ning yosh iste’dodi ovoz berish natijalariga ko‘ra sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 10:42, 28.02.2025.
O'qildi: 9075 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик