Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

“Paxtakor” — “Al-Hilol” uchrashuvida ustunlik kim tomonda?

“Paxtakor” — “Al-Hilol” uchrashuvida ustunlik kim tomonda?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Futbol bo‘yicha Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi “Paxtakor” — “Al-Hilol” uchrashuvi bugun, 4-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining eng sovrindor klublari o‘rtasidagi bahs Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.

O‘zaro o‘yinlardagi natija

Shu kunga qadar mazkur jamoalar o‘zaro 8 marta to‘qnash kelgan bo‘lib, 5 ta uchrashuvda riyodliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 o‘yin durang bilan yakunlangan. “Paxtakor” hozirgacha umuman “Al-Hilol”ni mag‘lub eta olmagan.

O‘zaro o‘yinlarda kiritilgan to‘plar farqi ham Saudiya klubi foydasiga — 15:5. “Sherlar” safidan Igor Sergeev 2 marta “Al-Hilol” darvozasini ishg‘ol qilgan, shuningdek, Zayniddin Tojiyev, Davron Hoshimov va Eren Derdiyok bittadan gol kiritishni uddalagan.

Qiziqarli faktlar

Chempionlar Ligasidagi ishtirok bo‘yicha ikki jamoada ham bir xil natija qayd etilgan — 19 martadan. Har ikki jamoaning ham murabbiylari portugaliyalik hisoblanadi. “Paxtakor”ni hozirda Pedru Moreyra boshqarmoqda. “Al Hilol”ga esa Jorje Jezush ustozlik qiladi.

Tarkib va yo‘qotishlar

“Paxtakor” qishki transferlar mavsumida bir qancha xaridlarni amalga oshirdi. Klub Bashar Resan, Igor Sergeev, Lukka, Jonatan, Flamarion, Riaskos Brayan kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan.

“Al-Hilol” tarkibida esa Yassin Bono, Kalidu Kulibali, Milinkovich-Savich, Kanselu, Malkom va Mitrovich kabi bir qancha yulduzlar harakat qiladi.

“Al-Hilol” Toshkentga jiddiy yo‘qotishlar bilan keldi. Klubning Aleksandr Mitrovich, Renan Lodi, Joao Kanselu va Yossir al Shahroni kabi yetakchilari bugungi bahsni o‘tkazib yuboradi. “Paxtakor”da esa faqatgina Sardor Sobirxo‘jayev diskvalifikasiya sabab uchrashuvda qatnasha olmaydi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 13:05, 04.03.2025.
O'qildi: 1171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.