Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Elit OCHL. «Paxtakor» Toshkentda «Al-Hilol»ni mag‘lub etdi

Elit OCHL. «Paxtakor» Toshkentda «Al-Hilol»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" Elit Osiyo chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida o‘z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubini qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning boshidanoq mezbonlar faol harakat qilib, bir necha xavfli hujumlar uyushtirishdi.  

Flamarionning 29-daqiqada kiritgan goli uchrashuvdagi yagona to‘p bo‘ldi. Uning goliga Riaskos ajoyib uzatma bilan yordam berdi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib, Alijonov jarima maydonchasida raqiblarni dog‘da qoldirib, chap oyog‘i bilan uzoq burchakni nishonga olishga harakat qildi, "Al Hilol" posboni bir amallab to‘pni qaytarib qoldi.

"Paxtakor" tanaffusga qadar himoyada qattiq turib, raqibga imkon qoldirmadi. Jonatan darvoza ustunida ishonchli harakat qildi va bir necha bor jamoasini qutqarib qoldi.  

O‘yinning 70-daqiqasida toshkentliklar ikkinchi golni urishga yaqin kelishdi. Alijonovning uzatmasidan so‘ng Xolmatov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va dastlab oyoq bilan to‘pga zarba berdi, posbon uni qaytarganidan so‘ng bosh bilan ham urinib ko‘rdi, ammo bu safar ham to‘p darvozaga kirmadi — himoyachi to‘pni tepb yuborishga ulgurdi.

Ikkinchi bo‘limda "Al-Hilol" gol urishga harakat qilgan bo‘lsa-da, "Paxtakor"ning tashkillangan himoyasi ularga javob qaytarishga imkon bermadi. 90+8 daqiqada o‘yin yakunlandi va "Paxtakor" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi!  

Javob o‘yini bir haftadan so‘ng "Al-Hilol" maydonida o‘tkaziladi.

Elit OCHL, nimchorak final
PAXTAKOR" - "Al Hilol" 1:0
Gol: Flamarion 29.
"Paxtakor": Jonatan, Alijonov, Azmiddinov, Abdullayev, Adhamzoda, Bo‘riyev, Lukka, Xolmatov, Hamdamov, Flamarion, Riaskos.
Zaxira: Shevchenko, Nazarov, Hamraliyev, Ibragimov, Ortiqboyev, Jo‘raqo‘ziyev, Sergeev, Mahammadjonov, Resan, Abdumajidov, Saitov, Hoshimov.
"Al Hilol": Bunu, Nosir Davsari, Bulayhi, Kulibali, Xalifa Davsari, Nevesh, Milinkovich-Savich, Kayo Sezar, Malkom, Salim Davsari, Leonardo.
Zaxira: Alyami, Ovays, G‘annam, Qahtani, Harbi, Kanno, Muhaysh, Turki, Hadhud, Hamddan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:04, 04.03.2025.
O'qildi: 2536 marta.
Fikrlar: 42 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик