Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Paxtakor" ustozi "Al-Hilol" taslim etilganidan so‘ng nimalar dedi?

"Paxtakor" ustozi "Al-Hilol" taslim etilganidan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+2 | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra "Al-Hilol"ga qarshi kechgan Elit Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan ilk o‘yindagi g‘alabadan so‘ng (1:0) o‘z fikrlarini bildirdi.

"Biz uchun qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik. Shunday bo‘ldi ham. Raqibimiz katta mahoratga ega jamoa. Himoya va hujumda xatosiz harakat qilishimiz kerakligini aytgandim. Biz shunday o‘yin namoyish etishimiz lozim. Bir jamoaga aylana oldik. Dastlabki 30 daqiqada ajoyib futbol ko‘rsatdik. Endi bizni javob bahsi kutib turibdi. Unga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.

Bizda ham yaxshi darajadagi futbolchilar bor va jamoa saviyali. O‘yinimizda o‘sishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Ko‘p vaziyat yaratyapmiz, lekin darvozaga ko‘proq zarba berishimiz lozim. Umumiy darajada o‘sib borishimiz kerak. Bugun biz jamoa sifatida raqibga ko‘p imkoniyat bermadik. Stadiondagi muhit fantastik darajada bo‘ldi.

Men qo‘l ostimdagi eng yaxshi tarkibni maydonga tushiraman. Maydonga tushganlar olqishga munosib. Futbolchilarga ishonaman va ular o‘zlarini ko‘rsatishlari kerak. Bugun Bo‘riyev ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Riaskos juda yaxshi o‘ynadi, ammo ikkinchi bo‘limda ko‘rsatmalarni bajarishda qiynaldi. Shu sababli uni Sergeevga almashtirdim.

Jismonan hali to‘liq yaxshi holatda emasmiz, chunki endi 3-o‘yinda maydonga tushdik. Hozir jamoada nimalarga egaligimizni tushunib boryapmiz, g‘oyalarni amalga oshirishga kirishdik. Sekinlik bilan o‘zgarishlarni amalga oshirib boramiz. O‘zbekiston iqtidorli o‘yinchilarga boy. Shunday futbolchilarga yuqori darajaga chiqishiga yordam berishni istayman", - dedi Moreyra.

Kiritildi: 02:03, 05.03.2025.
O'qildi: 5147 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик