Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

U18 xokkey bo‘yicha JCH. Oxirgi jang – eng qiyinidir

U18 xokkey bo‘yicha JCH. Oxirgi jang – eng qiyinidir

Baho:
+ | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ilk bor U-18 Jahon chempionatining III divizion «B» guruhida qatnashmoqda va Tailandda o‘tayotgan ushbu musobaqada juda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

O‘smirlarimiz Janubiy Afrika Respublikasi (12:0), Lyuksemburg (12:1), Turkmaniston (8:2) va Bosniya va Gersegovinani (11:3) yirik hisoblarda mag‘lubiyatga uchratdi. 12 ochko va 43-6 gollari farqi bilan O‘zbekiston turnir jadvalida ishonchli tarzda vaqtinchalik 1-o‘rinni egallab turibdi.

Biroq, to‘rt g‘alabaga ega yana bir jamoa bor – Tailand terma jamoasi. Ular bizdan faqatgina gollar farqi bo‘yicha ortda qolmoqda. O‘zbekiston aynan mezbon jamoa bilan oltin medallar va III divizion «A» guruhiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun bahs olib boradi.

Uchrashuv 6 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Bizni har qanday g‘alaba qoniqtiradi – xoh asosiy vaqtda bo‘lsin, xoh qo‘shimcha daqiqalarda.

Tailand terma jamoasi bilan avval ham to‘qnash kelganmiz. 2024 yil aprel oyida Toshkent va Samarqandda o‘tkazilgan Osiyo va Okeaniya kubogida yoshlarimiz chempionlikni qo‘lga kiritgan. O‘shanda guruh bosqichida tailandliklarni 7:5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsak, finalda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edik.

O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi – jamoa sardori Jasurbek Rustamxonov turnirda porlamoqda. Uning hisobida allaqachon 20 (12 gol + 8 golli uzatma) ochko mavjud. Jasur va yosh yulduz Salohiddin Azimov o‘tgan mavsumni Chexiyada o‘tkazgan. Qolgan o‘yinchilarimiz esa Qozog‘istonning yoshlar ligasida "Toshkent Selekt" jamoasi safida o‘ynagan edi.

Xokkey sporti mamlakatimizda bor-yo‘g‘i 7 yil avval rivojlana boshlagan bo‘lsada, yosh o‘yinchilarimiz xalqaro maydonda O‘zbekiston xokkeyining jadal o‘sish darajasini ishonch bilan namoyish etmoqda. Ularga faqatgina omad va g‘alaba tilaymiz!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:15, 05.03.2025.
O'qildi: 2219 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик