Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/04 00:00 Selta 1-1 Las-Palmas
01/04 23:45 Vulverhempton 1-0 Vest Xem
01/04 23:45 Arsenal 2-1 Fulhem
02/04 00:00 Nottingem Forest 1-0 Man. Yunayted
02/04 19:30 Paxtakor - Mash’al
02/04 23:45 Brayton - Aston Villa
02/04 23:45 Sautgempton - Kristal Pelas
02/04 23:45 Manchester Siti - Lester
02/04 23:45 Nyukasl - Brentford
02/04 23:45 Bornmut - Ipsvich
03/04 00:00 Liverpul - Everton
04/04 00:00 Chelsi - Tottenhem

Maksim Shaskix: “Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”ning kelajagi”

Maksim Shaskix: “Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”ning kelajagi”

Baho:
+ | -

“Paxtakor” klubi prezidentining sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi Maksim Shaskix Qozog‘istonning Sports24.kz nashriga intervyu berib, o‘zbek futbolining ikki yulduzi – “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi. Shuningdek, u O‘zbekiston terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlarini baholadi.

“Husanov – “Manchester Siti”ning kelajagi”

— Maksim Aleksandrovich, “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovning o‘yiniga qanday baho berasiz? Uning “Chelsi”ga qarshi debyuti bir oz omadsiz bo‘ldi, ammo keyinchalik u asosiy tarkibdan mustahkam joy egalladi.

— Xatolar uni sindirmaydi, Husanov shunday xarakterga ega futbolchi hisoblanadi. Har qanday himoyachi, hatto eng kuchlilari ham xatoga yo‘l qo‘yadi. Muhimi, bu xatodan so‘ng o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. U “Manchester Siti”ga keliboq “Chelsi”ga qarshi maydonga tushdi. Xato qildimi, uni darhol unitadi va keyingi o‘yinga kuchliroq bo‘lib qaytishga harakat qiladi. Husanov — o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan futbolchi. U ruhiy bosim ostida ham barqaror o‘ynay olishini bir necha bor isbotlagan. Shu sabab men uning keyingi o‘yinlarida hech qanday muammo bo‘lmasligiga ishonardim. Shunday ham bo‘ldi – u keyingi o‘yinlarni ancha barqaror o‘tkazmoqda.

— Pep Gvardiola ham Husanov haqida iliq fikr bildirdi. Sizningcha, “Siti”ning ushbu transfer to‘g‘ri tanlov bo‘ldimi?

— Albatta! Husanov – bu nafaqat “Siti”ning, balki O‘zbekiston futbolining ham kelajagi. U endigina 20 yoshda va oldinda katta imkoniyatlar turibdi. Men uni yaxshi bilganim uchun aytishim mumkinki, Abduqodir kelajakda top darajadagi himoyachi bo‘lishi aniq.

“Shomurodov “Roma”ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga haqli edi”

— Eldor Shomurodov fevral oyida “Roma”ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqida qanday fikrdasiz?

— Bu Eldor uchun katta yutuq! “Roma” Yevropaning kuchli jamoalaridan biri va u uzoq vaqt asosiy tarkibdan joy ololmay kelayotgandi, lekin fevral oyida yana safga qaytib, asosiy tarkibda maydonga tushishni boshladi. U o‘z imkoniyatidan maksimal foydalandi: gollar urdi, assistlar berdi va jamoaga katta foyda keltirdi. Shu bois u “Roma”ning fevraldagi eng yaxshi futbolchisiga aylangani adolatli qaror. Bu nafaqat “Roma”, ayniqsa O‘zbekiston terma jamoasi oldida muhim bahslar turgan pallada juda katta plyus bo‘ladi.

— Tajribali murabbiy Klaudio Ranyerining kelishi Shomurodovning o‘yiniga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinmi?

— Balki! Chunki ular oldin “Kalyari”da ham birga ishlagan. Hozirda Shomurodov va Dovbik “Roma”ning asosiy hujumchilari hisoblanadi. Raneri ularni o‘zaro almashib tushirishga harakat qilmoqda. Murabbiy har ikkala futbolchiga ham imkoniyat bermoqda. U Dovbik va Shomurodovning deyarli bir xil darajadagi hujumchilar ekanini tushunadi. Bu mutlaqo normal holat! Nega endi yo‘q? Nega rotasiya qilmaslik kerak? Rotasiya – ham futbolchilar uchun, ham jamoa natijalari uchun foydali. Qayd etish kerakki, “Roma” Ranyeri qo‘l ostida ketma-ket 11 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmayapti.

“O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati katta”

— O‘zbekiston terma jamoasi oldida muhim saralash o‘yinlari turibdi. Husanov – himoyada, Shomurodov – hujumda yetakchi sifatida maydonga tushmoqda. Bu jamoaning imkoniyatlarini oshiradimi?

— Ha, aynan shunday! O‘zbekiston terma jamoasi hozir yaxshi holatda. Guruhda yuqori o‘rinlarni egallash uchun imkoniyatlar yetarli. Agar O‘zbekiston saralash bosqichining keyingi o‘yinlarida kamida 4 ochko olsa, bu Jahon chempionatiga chiqish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Men shaxsan O‘zbekiston terma jamoasi katta muammolarsiz Jahon chempionatiga chiqishiga ishonaman. Saralashda yana 4 ta o‘yin bor, hozirgi turnir jadvali shuni ko‘rsatmoqdaki, hatto 1 g‘alaba va 1 durang mundial yo‘llanmasi uchun kifoya qilishi mumkin.

— Hozirda A guruhida Eron 1-o‘rinda, O‘zbekiston esa 2-o‘rinda bormoqda. Demak, 4 ochko jamoaga Jahon chempionatiga chiqish uchun yetarli bo‘ladi?

— Nazariy jihatdan, ha! Ammo har bir o‘yinga g‘alaba uchun chiqish kerak. Ochkolarni esa yakunda sanab chiqishadi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z oldiga Jahon chempionatiga chiqish maqsadini qo‘ygan va bunga erishish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:32, 06.03.2025.
O'qildi: 2879 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz