"Barselona" darvozaboni Mark Andre ter Shtegen tizzasidan olgan og‘ir jarohatini davolamoqda.
«MD» nashri xabariga ko‘ra, 32 yoshli germaniyalik darvozabon aprel oyida safga qaytishi kutilmoqda.
Uning tarkibga qaytishi Xans-Diter Flik uchun darvozabonlar tanlovini yanada qiyinlashtiradi. Hozirda Voysex Shesni ajoyib o‘yinlar o‘tkazmoqda. Jamoa u ishtirok etgan 16 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan.













