Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Britaniya hukumati Abramovichni sudga bermoqchi

Britaniya hukumati Abramovichni sudga bermoqchi

Baho:
+ | -2

Britaniya hukumati rossiyalik milliarder Roman Abramovich ustidan sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Maqsad – Abramovich tomonidan “Chelsi” klubining sotilishidan tushgan mablag‘ni Ukrainaga yordam sifatida yo‘naltirish. Hukumat vakillarining ta’kidlashicha, Abramovich bilan pulni qanday sarflash bo‘yicha kelishuvga erisha olmagach, uni sudga bermoqchi.

Yakuniy qaror hali qabul qilingani yo‘q, ammo Britaniya hukumati pulga ega bo‘lishni shunchalik istashmoqdaki, buning uchun u dunyodagi eng boy odamlardan biri bilan ochiq sudda kurashishga tayyor. Donald Tramp AQSHning Ukrainaga harbiy yordam hamda razvedka ma’lumotlari almashinuvini to‘xtatishga qaror qilganidan keyin Britaniya vazirlari Ukrainaga pul oqimini saqlab qolish yo‘llarini qidirmoqda.

Hukumat “Chelsi” futbol klubini sotishdan tushgan mablag‘ Ukrainaga gumanitar yordam sifatida imkon qadar tezroq yetib borishini ta’minlash uchun qattiq harakat qilmoqda. Pul Buyuk Britaniyadagi bank hisobvarag‘ida muzlatib qo‘yilgan, ayni paytda mablag‘ni boshqarish va taqsimlash uchun yangi mustaqil jamg‘arma tashkil etilgan, dedi Britaniya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

58 yoshli Roman Abramovich 2022 yil may oyida “Chelsi” klubini maxsus lisenziya asosida sotgan edi. U Britaniya sanksiyalari ostida bo‘lgani uchun ushbu mablag‘ muzlatib qo‘yilgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:51, 07.03.2025.
O'qildi: 1292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.