Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘FA tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan 12 futbolchiga Superliga o‘yinlarida qatnashishga ruxsat bermadi

O‘FA tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan 12 futbolchiga Superliga o‘yinlarida qatnashishga ruxsat bermadi

Baho:
+ | -

O‘FA Tibbiy qo‘mitasining 2024-yil 13-dekabrdagi 12-01 bayoni asosida Superliga klubi futbolchilari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Bu haqida O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruvlardan so‘ng Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Ligaga xat yo‘llab, Superliganing bir qator futbolchilari ko‘rikdan o‘tkazilgach, ularning salomatligi yuzasidan ayrim xavotirlar yuzaga kelganligini qayd etgan. Salomatligi xavotirga sabab bo‘layotgan futbolchilarning 3 nafari “Xorazm” va yana shunchasi “Navbahor” a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, “Paxtakor”, “Mash’al”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “Nasaf” va “So‘g‘diyona” klublarining bir nafardan futbolchisi topshirgan analiz natijalari qoniqarli chiqmagan.

O‘zPFL mazkur masalani O‘FA Tibbiy qo‘mitasiga oshirgan. Qo‘mita bu masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazib, quyidagicha qaror qabul qilgan:

• Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar natijasida salomatligi yuzasidan xavotirli deb topgan va Ligaga taqdim qilgan ro‘yxatdagi barcha futbolchilar aniqlangan tibbiy muammolari yuzasidan respublikamizning aynan shu sohaga ixtisoslashgan markazlarida qayta chuqur tekshiruvdan o‘tishi lozimligi inobatga olinsin;

• ro‘yxatda ismi sharifi keltirilgan futbolchilar yuzasidan mutaxassislar so‘nggi xulosani bermaguniga qadar hamda ushbu xulosa Ligaga taqdim etilmaguniga qadar, ular uchun jismoniy yuklamalar cheklanib, mashg‘ulot va o‘yinlarga ruxsat berilmasligi e’tiborga olinsin;

• qo‘shimcha tekshiruvlar qanday xulosaga olib kelishi, pirovardida klub shifokori futbolchini mashg‘ulot yoki o‘yinda qatnashishga ruxsat berish yoki bermasligi haqidagi yakuniy qarorlar borasida O‘FA Tibbiy qo‘mitasiga ma’lumot berilishi belgilab o‘tilsin.

Liga O‘FA Tibbiy xulosasidan kelib chiqib, ro‘yxatda nomi keltirilgan futbolchilar lisenziyasini vaqtincha cheklaydi. Klublar mazkur masaladan xabardor etilgani hamda futbolchi salomatligi uchun aynan shu klub shifokori javobgar ekanligidan kelib chiqib, Liga futbolchilar shaxsiga aniqlik kiritmaydi. Umid qilamizki, klub o‘z futbolchisi salomatligiga jiddiy e’tibor qaratadi, deyiladi O‘zPFL bergan xabarda.

Kiritildi: 15:48, 09.03.2025.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик