"Milan" vingeri Kristian Pulishich A Seriya doirasida "Lechche" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:2) o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu o‘yin bizning mavsumni qanday o‘tkazayotganimizni aytib beradi: biz yaxshi o‘ynaymiz, besh-oltita vaziyat yaratamiz, raqib esa birinchi zarbasi bilan gol uradi.
Ammo men 0:2 hisobida yutqazayotganimizda ham g‘alabaga ishongandim", — dedi amerikalik futbolchi.













