Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Sergey Lushan: «Dinamo»ning penaltidan foydalana olmaganligini hisobga olsak, bugungi durangni qoniqarli natija desa bo‘ladi»

Sergey Lushan: «Dinamo»ning penaltidan foydalana olmaganligini hisobga olsak, bugungi durangni qoniqarli natija desa bo‘ladi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida namanganliklarr bosh murabbiyi Sergey Ivanovich Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Odatdagidek, Sergey Ivanovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.     

— Bahs keskin kurashlar ostida o‘tdi, har ikki jamoada ham vaziyatlar bo‘ldi. Ayniqsa “Dinamo”ning penaltidan foydalana olmaganligini hisobga olsak, bugungi durangni qoniqarli natija desa bo‘ladi.

— “Dinamo” bugun “Navbahor”dan yaxshiroq ko‘rindi. Umuman, yoshlarga ko‘proq urg‘u qaratasizmi? Masalan, 15-raqamli Javohir Abdujabborov o‘yinda biroz yo‘qolib qoldi...

— Futbolni ozgina bo‘lsa ham tushunadigan odam bir yoki bir yarim  oy davomida jamoa shakllantirib bo‘lmasligini tushunadi. Muxlislar bilan uchrashuvda aytganimdek, tarkib butunlay yangilandi. Masalan, bugungi bellashuvda o‘tgan yilgi tarkibdan faqatgina Mirsaidov va Jiyanov o‘ynashdi. Ular o‘tgan yili asosiy tarkib futbolchilari emasdi, bu yildan esa yetakchilarga aylanishdi. Bugun futbolchilarning namoyish etgan o‘yinlari aqlbovar qilmas ko‘rsatkichdir. Uchrashuvga 2 soat qolganida, ikki nafar futbolchimizning maydonga tushishlari mumkin emasligini aytishdi. O‘tgan yili “Neftchi”ga qarshi o‘yinda ham shunday voqea ro‘y bergandi. Ikki nafar yetakchilarning o‘rinlariga maydonga tushirilgan Toirov va Iminjonov bugun ajoyib o‘yin namoyish etishdi.

— Jarima zarbasini Navro‘zbek Iminjonov ijro etishi kerakligini aytdingiz. Ko‘rdikki, unda ajoyib zarba bor ekan. Bundan keyin ham standart vaziyatlar Iminjonovga berilishi mumkinmi?
— Hamma futbolchilarning o‘ziga xos jihatlari bo‘ladi. Keyingi o‘yinlarda Iminjonovning zarba nuqtasi bo‘lsa, u tepishi mumkin. Ammo, tarkibimizda standart vaziyatlarni ajoyib tarzda tepa oladigan olti nafar o‘yinchi bor.

— O‘tgan yili jamoaning sakson foizi mahalliy futbolchilar bo‘lishlari kerak, deyilgandi. Ammo, boshqa viloyatlardan ham o‘yinchilar olib kelindi. Reja o‘zgarishi nima bilan bog‘liq?
— Jamoamiz tarkibidagi 30 nafar futbolchidan 16 nafari Namangan futboli tarbiyalanuvchilari. Bunaqasi Superliganing boshqa klubida bo‘lmasa kerak, menimcha.

— Birinchi bo‘limda oldingi chiziqda Pedro o‘ynadi, ikkinchi bo‘limda esa Ubaydullayev va O‘rinboyevlar zaxiradan maydonga tushishdi. Legioner o‘yinchini almashtirishingizning sababi nimada?
— Almashtirishlar o‘yinning borishiga qarab amalga oshiriladi. “Dinamo”ning markaziy chizig‘i kuchli edi, shu sababli, o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Hujumga kelsak, qanotlardan oldinga o‘tishga urindik. Bizda bugun pozision hujumlar bo‘lmadi. Pedroning almashtirilishi borasida to‘xtaladigan bo‘sam, u jamoamiz tarkibiga 5 kun oldin qo‘shildi. Pedroning sifatli o‘yin namoyish etishini bilamiz. O‘zbekiston futbolini his qilishi uchun uni asosiy tarkibda maydonga tushirdik. U ayniqsa, ikkinchi qavatda juda kuchli o‘yin namoyish etadi.

— “Navbahor” oldiga joriy mavsumda qanday vazifa qo‘yilgan?
— Jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad o‘zgarmagan - 1-o‘rinni egallash. “Navbahor” maksimal natijaga erishish uchun harakat qiladi.  

— O‘zPFLning taqiqi haqida nima deya olasiz?
— Ushbu savol menga taalluqli emas. Bunga javob beradigan insonlar bor. Rahbariyat buni hal etish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishni amalga oshirmoqda, bu deyarli hamma mamlakatlarda kuzatiladigan holat.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:51, 10.03.2025.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.