Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Roy Kin: "Arsenal" o‘yinchilarining ruhiyati yaxshi emas"

Roy Kin: "Arsenal" o‘yinchilarining ruhiyati yaxshi emas"

Baho:
+ | -

Roy Kin "Arsenal"ning kelasi mavsumda APLda g‘alaba qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi.

London klubi ketma-ket ikki marta APLda ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoa ayni damda “Liverpul”dan 15 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Roy Kin "Arsenal" kelasi yili chempion bo‘ladimi, degan savolga javob berdi.

"Yo‘q. Nega bunday bo‘lardi? Nima deb o‘ylaysiz, Arteta buni qila oladimi?

So‘nggi bir necha yil ichida ular chempionlikka yaqin edilar, ammo kelasi yili "Manchester Siti" kuchli bo‘ladi va "Liverpul" ham kuchayishiga aminman.

Hujumchi olib kelinsa, foyda bo‘lardi, lekin o‘yinchilarning ruhiyati yaxshi emas. 

Ular g‘alaba qozona olmasalar, tashvishlana boshlaydilar. Bir tomondan, so‘nggi bir necha yil davomida ularga baho berish kerak, ammo keyingi qadam eng qiyini bo‘ladi", - deydi "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin.

Kiritildi: 13:44, 10.03.2025.
O'qildi: 739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик