Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Rustam Turdimurodov dastlabki o‘yindagi taassurotlar, bo‘lajak bahs va nega 7-raqamni tanlagani xususida

Rustam Turdimurodov dastlabki o‘yindagi taassurotlar, bo‘lajak bahs va nega 7-raqamni tanlagani xususida

Baho:
+ | -

«Andijon» «Mavsum-2025»ni safarda «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yin boshlaganidan va unda kuchlar teng kelganidan xabaringiz bor.

«Burgutlar»ning bu yilgi chempionatda dastlabki goli muallifi Rustam Turdimurodov bo‘ldi.

Hujumchi birinchi uchrashuvdan keyin klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Rustamjon, chempionatning dastlabki o‘yini borasida nima deya olasiz?
— O‘yin kutganimizdek o‘tdi. 1-tur bo‘lgani uchun hammada hayajon bo‘ldi. Qolaversa, vodiy derbisi. Mavsumni yaxshi boshladik, deb o‘ylayman.

— «Andijon»ning 2025 yildagi ilk goli muallifi bo‘ldingiz va tarixdan joy oldingiz. Buni kutganmidingiz?
— To‘g‘risi, xayolimda faqat gol urish va g‘alaba qozonish edi. «Andijon»ning mavsumdagi ilk goli, tarixda qolish xayolimga ham kelmagan edi. Bor e’tiborim g‘alaba va unga hissamni qo‘shish edi.

— Golingizga qanday ta’rif berasiz?
— Xudoga shukr, mavsumni gol bilan boshladim. Bundan tashqari, jamoaga va o‘zimga ishonch ortishi uchun kerakli gol edi.

— G‘alaba uchun nima yetishmadi?
— Bizda g‘alaba uchun deyarli barchasi bor edi. Hujumlarni yakunlashda biroz shoshdik, deb o‘ylayman.

— O‘yin durangga mos bo‘ldi, deb o‘ylaysizmi?
— Menimcha, jangovar durangga mos.

— Keyingi turda «Nasaf»ni qabul qilamiz. Andijonda ochilish o‘yini. Nima kutyapsiz?
— Har doimgidek muxlislarimiz stadionni «yondirib» berishini va uyimizda 3 ochko olishimizni kutyapman.

— Bu yil 7-raqamni tanladingiz. Bu nima bilan bog‘liq?
— Ronaldo 18 yoshida 7-raqamda o‘ynagan va mas’uliyatni his qilgan. O‘tgan mavsumdanda ko‘proq mas’uliyatliroq bo‘lish uchun tanladim.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:16, 11.03.2025.
O'qildi: 1138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.