Kirish Ro'yxatdan o'tish

Osimxen APL grandi safiga o‘tishi mumkin

Osimxen APL grandi safiga o‘tishi mumkin

Baho:
+1 | -

Turkiyaning "Galatasaroy" klubida ijara asosida to‘p tepayotgan "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes sahifalarida ma’lum qilindi.

26 yoshli nigeriyalik goleadorga hamon Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" hujumchini yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Potensial bitim summasi 75 million yevroga baholanmoqda.

Turkiya Superligasining joriy mavsumida Viktor "Galatasaroy" safida 21 ta uchrashuv o‘tkazdi. Hujumchi 17 ta gol va to‘rtta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning ijarasi iyun oyi oxirida tugaydi.

Kiritildi: 12:02, 11.03.2025.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик