Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Viktor Dyokereshning yozgi transfer narxi ma’lum bo‘ldi

Viktor Dyokereshning yozgi transfer narxi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Sporting” hujumchisi Viktor Dyokeresh yozda Portugaliya klubini tark etishga qaror qildi. Diario Sport xabariga ko‘ra, futbolchi transfer jarayonini muammosiz va tartibli o‘tkazish uchun klub bilan ba’zi tafsilotlarni muhokama qilib bo‘lgan.

Oldin erishilgan kelishuvga ko‘ra, uning 100 million yevro tovon puli faqat qishki transfer oynasi vaqtida amal qiladi. Biroq, agar u mavsum oxirigacha klubda qolsa, yozgi transfer narxi sezilarli darajada arzonlashishiga ham qaror qilingan. Natijada manfaatdor klublar endi uni kamida 65 million yevro va maksimal 75 million yevro evaziga sotib olishlari mumkin.

Muhimi, agar taklif minimal miqdorga to‘g‘ri kelsa, Dyokeresh o‘zining keyingi klubini tanlash huquqiga ega. Uning ustuvorligi Premyer-ligaga qaytish bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda shved “Sporting” safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 17:56, 11.03.2025.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.