Leandro Paredes "Roma" bilan kelishuvni uzaytirdi.
30 yoshli argentinalikning rimliklar bilan yangi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Paredes 2014/15 va 2016/17 yilgi mavsumlarda "Roma"da o‘ynagan. Keyin u 2023 yilda klubga qaytib keldi.
Yarim himoyachi "Roma" safida 129 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.














