Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Martines Ronaldu nega hamon Portugaliya terma jamoasiga chaqirilayotgani sababini tushuntirdi

Martines Ronaldu nega hamon Portugaliya terma jamoasiga chaqirilayotgani sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu 40 yoshida ham mamlakatning bosh jamoasi safida o‘ynashni davom ettirayotgani sababi haqida gapirdi.

Martines The Coaches Voise nashriga bergan intervyusida shunday dedi:

"Ronaldu haqida gap ketganda, men uni uchta asosiy omil asosida baholayman. Birinchisi – uning iste’dodi: shubhasiz u futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri. Ikkinchisi – tajribasi: u Yevropa chempionatida olti marta o‘ynagan yagona futbolchi va 200 dan ortiq xalqaro o‘yinda ishtirok etgan. Ammo uning eng katta fazilati – fidoyiligi. Krishtianuning Portugaliya sharafini himoya qilishga bo‘lgan ishtiyoqi butun jamoani ilhomlantiradi. Ronaldu milliy jamoada avvalgi xizmatlari uchun emas, hozirgi holati sabab o‘ynayapti: jamoa so‘nggi ikki yilda 21 o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, u 17 ta gol urdi".

Martines Portugaliya terma jamoasining asosiy maqsadi haqida ham gapirdi.

"Portugaliya bilan asosiy orzumiz – hali yutmagan yagona sovrinimiz, Jahon chempionatida g‘olib bo‘lish. Bosimdan qochish emas, balki uni qabul qilish va o‘yinimizni namoyon etish muhim", deydi Martines.

Ronaldu 2003 yildan beri Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi. U milliy jamoa safida 217 o‘yin o‘tkazib, 135 ta gol urgan. Hujumchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha xalqaro futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi 21 mart kuni UYEFA Millatlar Ligasi chorak final doirasida Daniyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:50, 11.03.2025.
O'qildi: 2894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.