Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona"ga Sheshko kerak

"Barselona"ga Sheshko kerak

Baho:
+ | -

"Barselona" tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. TodoFichajes portalining Cadena SER'ga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar e’tibori "RB Leypsig" hujumchisi Benyamin Sheshkoga tushgan.

Bombardirlik va universallik Sheshkoni "Barselona" uchun jozibador nomzodga aylantiradi. Shu bilan birga, Kataloniya klubi bu transfer uchun raqobatga duch kelishi kutilmoqda, chunki 21 yoshli Sheshko boshqa klublar, jumladan, "Arsenal"ga ham qiziq.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Benyamin Sheshkoni 50 million yevroga baholamoqda. 2024/2025 yilgi mavsumda sloveniyalik futbolchi 35 ta o‘yinda 17 ta gol urdi.

Kiritildi: 05:52, 12.03.2025.
O'qildi: 2985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик