Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Yunayted" Reshfordni sotishdan bor-yo‘g‘i 20 million funt ishlab olishi mumkin

"Yunayted" Reshfordni sotishdan bor-yo‘g‘i 20 million funt ishlab olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Markus Reshfordni sotish orqali bor-yo‘g‘i 20 mln funt olishi mumkin.

Hozirda 27 yoshli hujumchi ijara asosida "Aston Villa" sharafini himoya qilmoqda. Birmingem klubi futbolchi maoshining 75 foizini qoplaydi - u haftasiga 315 ming funt maosh oladi.

"Aston Villa"da Reshfordni 40 million funtga sotib olish huquqi ham bor. Bu narxda boshqa klublar ham forvardni qo‘lga kiritishi mumkin - ammo hozirgidek maosh taklif qilishlari dargumon.

"Yunayted" Markusga maoshining pasayishini qoplash uchun ma’lum miqdorda pul to‘lashi kerak bo‘ladi, deb yozadi Daily Mail. Manbalarga ko‘ra, tovon puli 20 million funtni tashkil qilishi mumkin. Shu tariqa, klubning futbolchini sotishdan tushadigan daromadi ikki barobarga qisqaradi.

APL joriy mavsumida Reshford 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi.

Kiritildi: 03:25, 13.03.2025.
O'qildi: 1039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик