Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Elit OCHL. Chorak finalga qur’a tashlash tartibi e’lon qilindi

Elit OCHL. Chorak finalga qur’a tashlash tartibi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

OFK tashkiloti Elit OCHL chorak final bosqichiga qur’a tashlash bilan bog‘liq ayrim detallarni e’lon qildi.

Sharq mintaqasida reytingda 1-o‘rinni egallagan "Al-Hilol" quyidagi setkada «1A» pozisiyaga, G‘arb mintaqasida yetakchi bo‘lgan "Yokogama Marinos" klubi esa «3A» pozisiyasiga joylashtiriladi.

Qolgan klublar esa qur’a natijasida boshqa o‘rinlarga joylashtiriladi. Xususan, G‘arbning qolgan jamoalari 2A, 3B yoki 4B joylardan o‘rin oladi; Sharq jamoalari esa 1B, 2B yoki 4A pozisiyalariga qo‘yiladi.

Chorak finalda G‘arb mintaqasi klublari faqat Sharq mintaqasi jamoalari bilan to‘qnash keladi (ya’ni bir mintaqa jamoalari o‘zaro to‘qnash kelmaydi).

Sharq mintaqasi:
Al-Hilol (Saudiya Arabistoni) — «1A»
Al-Ahli (Saudiya Arabistoni)
An-Nasr (Saudiya Arabistoni)
As-Sadd (Qatar)

G‘arb mintaqasi:
Yokogama Marinos (Yaponiya) — «3A»
Kavasaki Frontale (Yaponiya)
Kvangju (Janubiy Koreya)
Buriram Yunayted (Tailand)



Musobaqa taqvimi:
1-chorak final: 25 aprel, juma
2 va 3-chorak final: 26 aprel, shanba
4-chorak final: 27 aprel, yakshanba
1-yarim final: 29 aprel, seshanba
2-yarim final: 30 aprel, chorshanba
Final: 3 may, shanba (King Abdullah Sports City Stadium)

Musobaqaning g‘olibiga 12 million AQSH dollari miqdoridagi rekord sovrin taqdim etiladi.

Qur’a tashlash marosimi 17-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 10:50, 13.03.2025.
O'qildi: 1693 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.