"Tottenxem" "RB Leypsig" forvardi Timo Vernerni sotib olish opsiyasidan foydalanmaydi, deya xabar bermoqda «teamTALK».
Ingliz klubi Vernerning transferini 10 million yevroga sotib olishi mumkin edi, ammo u bunday qilmaslikka qaror qildi. Shu tariqa, Timo mavsum yakunida "RB Leypsig"ga qaytadi. Xabarlarga ko‘ra, u nemis jamoasi rejalariga kiritilmagan.
29 yoshli nemisga Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda, ammo uning MLS jamoalaridan biriga, xususan, "Nyu-York Red Bulls"ga o‘tishi ehtimoli yuqori.
Bu mavsumda Verner klub safida 945 daqiqada 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













